← CEFRify

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 1-oktabr

Bu sahifa CEFRify (cefrify.uz) qanday ma'lumot yig'ishi, ularni nima uchun ishlatishi, kimga berishi va qancha saqlashini tushuntiradi.

1. Biz kimmiz

Xizmat egasi: SharqSoft. Shaxsiy ma'lumotlar bo'yicha murojaat: info@sharqsoft.uz.

2. Qanday ma'lumot yig'amiz

  • Hisob: ism, email va kirish usuli. Buni ro'yxatdan o'tishda o'zingiz berasiz.
  • O'qish ma'lumotlari: mashq va mock natijalari, xatolaringiz, yozgan matnlaringiz, daraja, maqsad matni va imtihon sanasi (agar kiritsangiz).
  • Ovoz yozuvlari: Speaking bo'limlarida mikrofon orqali yozganlaringiz. Mikrofon faqat siz yozishni boshlaganingizda yoqiladi. Yozuv faqat baholash uchun ishlatiladi: AI baholagach darhol o'chiriladi, eng ko'pi 24 soat ichida. Biz ovoz yozuvlarini saqlamaymiz — saqlanadigani matnga aylantirilgan javobingiz (transkript) va baho.
  • Telegram: hisobingizni bot bilan bog'lasangiz, Telegram ID raqamingiz.
  • Bildirishnomalar: push bildirishnomaga rozilik bersangiz, brauzeringiz bergan obuna manzili.
  • To'lovlar: tarif, summa, sana va to'lov holati. Karta ma'lumotlari bizga kelmaydi: to'lov Tirikchilik.uz orqali (Click, Payme, Uzum) o'tadi.
  • Texnik ma'lumotlar: ilovada qaysi sahifa va tugmalardan foydalanganingiz, xato hisobotlari (xato matni, sahifa manzili, brauzer turi), qaysi havola yoki reklama orqali kelganingiz (UTM belgilari).

3. Nima uchun

  • Hisobingizni yuritish va natijalaringizni saqlash.
  • Darajangizni aniqlash va keyingi mashqni tanlash.
  • Yozish va gapirish ishlaringizga AI orqali baho va izoh berish.
  • Eslatmalar yuborish (push, email, Telegram) — har birini sozlamalarda o'chirib qo'yish mumkin.
  • To'lovni tekshirish va premiumni yoqish.
  • Xatolarni topish va ilovani yaxshilash.

4. Kimga beramiz

Ma'lumotlaringizni sotmaymiz. Xizmat ishlashi uchun quyidagi provayderlarga beriladi:

  • Clerk — ro'yxatdan o'tish va kirish (ism, email).
  • Neon — asosiy ma'lumotlar bazasi (yuqoridagi hamma o'qish ma'lumotlari).
  • Vercel — ilova serverlari va baholanayotgan ovoz yozuvi (Vercel Blob, baholangach o'chiriladi).
  • Google Gemini — yozgan matnlaringiz, gapirish yozuvlaringiz va AI tutorga yozganlaringiz baho va javob uchun yuboriladi. Bepul tarifda Google bu ma'lumotni o'z xizmatlarini yaxshilash uchun ishlatishi mumkin.
  • Groq — ovoz yozuvini matnga aylantirish.
  • Resend — email xatlar yuborish (email manzilingiz va xat matni).
  • Telegram — bog'langan bo'lsangiz, bot xabarlari.
  • Brauzer push xizmatlari (Google, Mozilla, Apple) — push bildirishnomalar.
  • Tirikchilik.uz — to'lov.
  • Google Analytics (G-X931GGG1P0) — sahifalarga tashriflar statistikasi: qaysi sahifa ochilgani, qurilma va brauzer turi, taxminiy joylashuv (shahar yoki mamlakat darajasida).

Ilova ichida: reyting jadvali va klublarda ismingiz, darajangiz va XP boshqa o'quvchilarga ko'rinadi. Maktablar ligasida faqat o'zingiz tanlagan taxallus ko'rinadi. Sinfga qo'shilsangiz, o'qituvchingiz shu sinfdagi natijalaringizni ko'radi.

5. Qayerda saqlanadi

Ma'lumotlar bazasi AQSH'da (Neon, us-east-1) joylashgan. Yuqoridagi provayderlarning serverlari asosan AQSH'da va boshqa mamlakatlarda. To'lov ma'lumotlari Tirikchilik.uz orqali O'zbekistonda qayta ishlanadi.

6. Qancha saqlanadi

Ma'lumotlaringiz hisobingiz bor ekan saqlanadi. Hisobingizni o'chirishni so'rasangiz, ma'lumotlaringiz 30 kun ichida o'chiriladi. Ovoz yozuvlari umuman saqlanmaydi (yuqoriga qarang).

7. Sizning huquqlaringiz

  • Biz saqlagan ma'lumotlaringiz nusxasini so'rash.
  • Noto'g'ri ma'lumotni tuzatish (ism va darajani profilda o'zingiz o'zgartira olasiz).
  • Hisobingiz va ma'lumotlaringizni o'chirishni so'rash.
  • Eslatmalarni sozlamalarda o'chirish; email xatdagi havola ham shu sozlamalarga olib boradi.

8. O'chirish so'rovi

Hisobingizni o'chirish uchun ro'yxatdan o'tgan emailingizdan info@sharqsoft.uz manziliga yozing. So'rov 30 kun ichida bajariladi va bajarilgani haqida javob yuboramiz.

9. Yosh chegarasi

Xizmatdan 14 yoshdan boshlab foydalanish mumkin. 18 yoshgacha bo'lganlar ota-ona yoki vasiy roziligi bilan foydalanadi.

10. Cookie va brauzer xotirasi

  • Clerk cookie'lari — tizimga kirganingizni eslab qolish uchun. Ularsiz ilova ishlamaydi.
  • cefrify_lang — tanlagan til.
  • cefrify_utm — qaysi havola orqali kelganingiz; ro'yxatdan o'tganingizda hisobingizga yoziladi.
  • Google Analytics cookie'lari (_ga, _ga_*) — tashriflar statistikasi.
  • Brauzer xotirasida (localStorage, IndexedDB) sozlamalar va internet uzilganda hali yuborilmagan javoblaringiz saqlanadi.

11. O'zgarishlar

Siyosat o'zgarsa, yangi matn shu sahifada "Oxirgi yangilanish" sanasi bilan chiqadi. Muhim o'zgarishlar haqida ilova ichida yoki email orqali xabar beramiz.

Shuningdek o'qing: Foydalanish shartlari